helpKo‘p beriladigan savollar

Sizning savollaringizga aniq javoblar

Ta'lim markazlari uchun foizsiz ssuda olish tartibi, shartlari va talablari haqida barcha kerakli ma'lumotlarni shu yerdan topishingiz mumkin.

Loyihada chet tilini bilish darajasi kamida C1 (yoki unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikat) bo‘lgan, 18 dan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar ssuda olish uchun ariza topshirishlari mumkin.

Ssuda miqdori BHMning 320 baravarigacha (130 mln so‘mgacha) etib belgilangan. Mablag‘ 3 yil (36 oy) muddatga, foizsiz (0%) taqdim etiladi.

Loyiha doirasida 6 oylik imtiyozli davr beriladi. Qolgan 30 oy davomida asosiy qarz teng qismlarga bo‘lingan holda qaytariladi.

O‘quv markazlari respublikaning shahar va tuman markazlaridan uzoqda joyhazlangan, ta’lim xizmatlariga ehtiyoj yuqori bo‘lgan olis hududlarda tashkil etilishi lozim.

Asosiy hujjatlar ro‘yxati:

  • check_circleShaxsni tasdiqlovchi hujjat (Pasport/ID karta)
  • check_circleTil bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat (C1)
  • check_circleYaTT yoki MChJ guvohnomasi
  • check_circleKATM kredit tarixi
  • check_circleKafil yoki sug‘urta shartnomasi

Barcha hujjatlar to‘liq taqdim etilib, maxsus kengash tasdig‘idan o‘tgandan so‘ng, mablag‘ 3 ish kuni ichida arizachining hisob raqamiga o‘tkazib beriladi.

Mazkur loyiha va unga qo‘yilgan talablar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 426-sonli qarori bilan tartibga solinadi.

Mablag‘lar faqat naqd pulsiz shaklda, hisob raqamidan o‘tkazish orqali maqsadli ishlatilishi shart. Naqdlashtirish imkoniyati mavjud emas.

Ssuda olgan yoshlar "Ko‘makchilar" hamjamiyatiga va "Ko‘mak+" yopiq guruhiga a’zo bo‘lishadi. Bu yerda tajriba almashish, har oy o‘tkaziladigan onlayn va oflayn tadbirlarda ishtirok etish imkoniyati yaratiladi.

Hujjatlar va arizalar masofaviy tarzda yoshlarfondi.uz sayti orqali qabul qilinadi.

Javob topaolmadingizmi?

Bizning mutaxassislarimiz sizga yordam berishga doim tayyor. O'z savollaringizni to'g'ridan-to'g'ri bizga yo'llang.